
ChatGPT asta-sekin nafaqat AI servis, balki yangi reklama platformasiga ham aylanmoqda.
Maqola 2026-yil 25-avgustda mavjud bo‘lgan ma’lumot va misollarga asoslangan. Geografiya, xarid shartlari va vositalar mavjudligi o‘zgaradi: OpenAI’ning 2026-yil 21-oktabrdagi xabariga ko‘ra, reklama 89 mamlakatda mavjud edi. Mamlakatlar bo‘yicha dolzarb kirish va shartlarni ChatGPT Ads yordam markazida tekshiring. Quyidagi benchmarklar natija kafolati emas, tarixiy kuzatuvlardir.
OpenAI 2026-yil fevralda AQShda reklamani test qilishni boshladi, keyin ChatGPT Ads’ni yana bir nechta bozorga kengaytirdi va 2026-yil 24-avgustda yana 31 Yevropa mamlakatida reklamani ishga tushirdi.
ChatGPT Ads’ning Google yoki Meta’dan asosiy farqi e’lon formati emas, suhbat konteksti.
Foydalanuvchi shunchaki “hotel Paris” deb yozmasdan, qayerga, kim bilan ketayotgani, budjeti va nimani muhim deb bilishini tushuntirishi mumkin. Reklama tizimi alohida qidiruv so‘rovi emas, bosqichma-bosqich shakllangan conversational intent bilan ishlaydi.
ChatGPT Ads qanday ishlashi, qayerda mavjudligi, narxi va ilk kampaniyalar natijalarini ko‘rib chiqamiz.

ChatGPT reklamasi qanday ko‘rinadi
Reklama ChatGPT javobidan alohida chiqadi va Sponsored deb belgilanadi.
Reklama beruvchi model javobining o‘zini o‘zgartirish uchun to‘lay olmaydi.
Reklama kartasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
- reklama beruvchi nomi;
- logotip;
- headline;
- description;
- landing sahifa;
- tasvir.
Demak, ChatGPT Ads faqat matnli reklama emas.
“Tasvirli” yoki “tasvirsiz” e’lon uchun alohida narx yo‘q. Narx xarid modeli, stavka va auksion natijasiga bog‘liq.
Reklamani kim ko‘radi
Reklama quyidagi tarif foydalanuvchilariga ko‘rsatiladi:
- Free;
- Go.
Quyidagilarga ko‘rsatilmaydi:
- Plus;
- Pro;
- Business;
- Enterprise;
- Edu.
Voyaga yetmaganlarga ham reklama ko‘rsatilmaydi.
B2B uchun bu muhim: eng faol professional auditoriyaning bir qismi pullik obunadan foydalanib, reklama inventariga umuman kirmasligi mumkin.
ChatGPT Ads qayerda mavjud
Yevropa kengayishidan oldin self-service Ads Manager to‘qqiz mamlakatda ishlagan:
🇺🇸 AQSh 🇬🇧 Buyuk Britaniya 🇨🇦 Kanada 🇦🇺 Avstraliya 🇳🇿 Yangi Zelandiya 🇧🇷 Braziliya 🇲🇽 Meksika 🇯🇵 Yaponiya 🇰🇷 Janubiy Koreya
2026-yil 24-avgustda ChatGPT Ads yana 31 Yevropa bozoriga, jumladan Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Avstriya, Niderlandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Polsha va Shveytsariyaga kengaydi.
Muhim izoh:
Yevropada reklama ishga tushishi darhol to‘liq self-service degani emas edi.
25-avgustda yangi Yevropa bozorlari Ads Manager’da hali Coming Soon holatida edi.
Birinchi bosqichda joylashtirish quyidagilar orqali mavjud bo‘lgan:
- OpenAI Ads Solutions;
- reklama agentliklari;
- texnologik hamkorlar.

Ads Manager qanday tuzilgan
Kabinet tuzilishi boshqa performance platformalarga o‘xshaydi:
Campaign
Maqsad, budjet, sana, geografiya, platforma va auditoriya.
↓
Ad Group
Intent klaster, Context Hints va stavka.
↓
Ad
Headline, description, tasvir va landing page.

Reklama qaysi modelda sotiladi
Asosiy modellar:
CPM
1 000 ko‘rsatish uchun to‘lov.
CPC
Klik uchun to‘lov.
oCPC
Konversiya qilish ehtimoli yuqori foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan CPC optimizatsiyasi.
Muhim: oCPC — CPA emas. Reklama beruvchi xarid yoki lid uchun emas, klik uchun to‘laydi.
Minimal budjet
AQShda minimal kunlik budjet taxminan kuniga $25 dan boshlanadi.
Ammo minimal budjet va to‘liq performance test budjeti boshqa-boshqa. Haqiqiy CPC $10–12 bo‘lsa, kuniga $25 atigi ikki-uchta klik beradi.
Asosiy farq — Context Hints
Meta reklamasining savoli:
Bu foydalanuvchi kim?
Google:
U nimani qidirmoqda?
ChatGPT:
U hozir qanday vazifani hal qilmoqda?
Soddalashtirilgan ko‘rinish:
Meta → Audience → Ad
Google → Keyword → Search Intent → Ad
ChatGPT → Conversation → Context → Intent → Ad

Context Hints qanday ishlaydi
Oddiy keywords ro‘yxati o‘rniga reklama beruvchi mahsulot foydali bo‘ladigan vaziyat va suhbatlarni tasvirlaydi.
Masalan, mehmonxona uchun:
travelers planning a family trip to Paris
families comparing central Paris hotels
travelers looking for accommodation near metro stations
families searching for hotels within a specific budget
Bu exact-match keywords emas.
Tizim suhbat mazmuni va foydalanuvchi niyatini tushunishga harakat qiladi.
Nega bu qiziq
Oddiy “car rental Spain” so‘rovi kam ma’lumot beradi.
ChatGPT’dagi suhbat esa shunday bo‘lishi mumkin:
“Rafiqam va ikki farzandim bilan Ispaniyaga ikki haftaga boramiz. Mashinani Barselonada olib, Madridda topshirmoqchimiz. Avtomat, katta bagaj va ikkita bolalar o‘rindig‘i kerak.”
Bu deyarli tayyor reklama briefi:
Product: car rental Country: Spain Pickup: Barcelona Drop-off: Madrid Audience: family Children: 2 Transmission: automatic Need: child seats
Conversational advertising’ning asosiy salohiyati shunda.
Boshqa targetinglar
Context Hints’dan tashqari ChatGPT Ads quyidagilarni qo‘llab-quvvatlaydi:
- geotargeting;
- platform targeting;
- Custom Audiences;
- conversion optimisation.
Web, iOS va Android bilan ishlash mumkin.
Reklama beruvchi foydalanuvchi yozishmalari yoki suhbat tarixiga kira olmaydi.
Pixel va Conversions API
Natijalarni o‘lchash uchun:
OpenAI Pixel
va
Conversions API ishlatiladi.
Ads Manager’da impressions, clicks, spend, CTR, Average CPC, Average CPM va conversions tahlil qilinadi.

Ilk haqiqiy natijalar nimani ko‘rsatadi
Platforma barqaror benchmarklar uchun hali juda yosh, ammo dastlabki ma’lumotlar qiziqarli.
CTR
Similarweb ma’lumotiga ko‘ra:
Umumiy CTR — taxminan 0,68%
Median CTR — taxminan 0,50%
Yuqori kvartil — taxminan 1%
Eng yaxshi alohida natijalar — 5,4% CTR gacha
SE Ranking testida:
- 97 000+ impressions;
- 1 263 clicks;
- CTR — 1,30%.
Shuning uchun 0,5–1,3% CTR erta bozor diapazoni sifatida foydali, ammo bu OpenAI rasmiy benchmarki emas.
Haqiqiy CPC
2POINT keyslarida:
B2B software
CPC — $5,25
B2C home services
CPC — $3,27
Ancha qimmat misollar ham bor.
Bir real skrinshotda:
Campaign 1
3 270 impressions, 41 clicks, $468,54 spend, CTR — 1,25%, CPC = $11,43
Campaign 2
7 678 impressions, 79 clicks, $1 000 spend, CTR — 1,03%, CPC = $12,66
Demak, haqiqiy klik narxi kutilganidan keskin farq qilishi mumkin.
Joylashtirishlarning 14,35% i off-topic bo‘lishi mumkin
SE Ranking 20 kategoriyadagi 50 000 dan ortiq tijoriy promptni tahlil qildi.
Reklama tijoriy so‘rovlarning taxminan 25,94% ida paydo bo‘lgan.
Shu bilan birga, reklama joylashtirishlarning 14,35% i deyarli off-topic bo‘lgan.
Bu foydalanuvchi so‘roviga mavzuviy aloqasi zaif bo‘lgan taxminan har yettinchi joylashtirish demak.
Gap klikdan keyingi 14% sifatsiz trafik haqida emas, aynan reklama matching sifati haqida.
Kategoriyalar bo‘yicha vaziyat farq qiladi
Pets — 2,6% off-topic
Travel — 4%
Healthcare — 5%
Relationships — 50% dan ortiq
News & Politics — 50% dan ortiq
Travel ayniqsa istiqbolli ko‘rinadi: reklama joylashtirishlarning taxminan 96% i so‘rovga mavzuviy mos bo‘lgan.

Nomoslik nega yuzaga keladi
Google ancha qat’iy boshqaruv beradi:
keyword → search term → negative keyword
ChatGPT esa quyidagini tushunishga harakat qiladi:
conversation → context → intent
Bu salohiyatan kuchliroq model, ammo hozircha reklama beruvchida nazorat kamroq.
Google Search Terms Report’ning to‘liq analogi ham yo‘q: reklama beruvchi e’lon ko‘rsatilgan haqiqiy suhbatlar ro‘yxatini olmaydi.
Kliklar yaxshi, konversiya esa zaif bo‘lishi mumkin
SE Ranking 1,30% yaxshi CTR oldi, ammo ro‘yxatdan o‘tishlar juda kam bo‘ldi.
Bu muhim farqni ko‘rsatadi:
Conversational intent har doim purchase intent emas.
Foydalanuvchi mavzuni faol o‘rganib, variantlarni taqqoslashi, ammo xariddan hali uzoq bo‘lishi mumkin.
B2B uchun alohida xavf
Auditoriya Plus, Pro yoki Business’dan faol foydalansa, reklama ko‘rmaydi.
Shuning uchun B2B reklama beruvchilar ChatGPT auditoriyasi hajmi bilan birga tarif tuzilishini ham baholashi kerak.
Reklama AI javobidagi o‘rinni sotib olmaydi
SE Ranking tadqiqotida 96,37% holatda reklama beruvchi e’loni yonida ko‘rsatilgan ChatGPT javobining manbasi bo‘lmagan.
Sponsored placement va organic AI visibility — boshqa-boshqa vazifalar.
Shuning uchun ChatGPT Ads va GEO/AEO’ni alohida yo‘nalish sifatida boshqarish kerak.
Reklama suhbatning chuqur qismida paydo bo‘lishi mumkin
Similarweb ma’lumotiga ko‘ra, reklama ko‘rsatishlarning taxminan 44% i birinchi xabarda, 56% i esa keyinroq yuz beradi. Reklamali suhbatlarning o‘rtacha uzunligi 17 ta xabar atrofida.
Reklama paydo bo‘lguncha AI foydalanuvchining vazifasi, budjeti, afzalligi, cheklovi va alternativalarini tushunishi mumkin.
Reklama promptlarining 83% ini oddiy keyword’ga keltirish qiyin
Reklama oldidagi oxirgi xabar shunchaki:
“Ha”
“Ikkinchi variant-chi?”
“Menga arzonrog‘i kerak” — bo‘lishi mumkin.
Bu xabarning o‘zi reklama tizimiga deyarli hech narsa aytmaydi. Kontekst avvalgi butun suhbatdan keladi.

Ilk benchmarklar
Mustaqil ma’lumotlar hozircha taxminan shunday:
CTR: 0,5–1,3%
Peak CTR: 5,4% gacha
Observed CPC: $3–13+
Commercial prompts with ads: 25,94%
Off-topic placements: 14,35%
Travel mismatch: 4%
Bu OpenAI rasmiy benchmarklari emas, ilk bozor kuzatuvlari.

Bu reklama beruvchi uchun nimani anglatadi
1. ChatGPT Ads endi mahalliy tajriba emas
Yevropa kengayishidan keyin platforma xalqaro reklama kanaliga aylanmoqda.
2. Kanalni hozircha arzon deb bo‘lmaydi
CPC $3–5 atrofida bo‘lishi, ayrim kampaniyalarda esa $10–12 dan oshishi mumkin.
3. CTR ishlaydigan ko‘rinadi
Ammo yaxshi CTR yaxshi konversiyani kafolatlamaydi.
4. Matching hali mukammal emas
14,35% off-topic — sezilarli ko‘rsatkich.
5. B2B ayniqsa ehtiyotkor test qilishi kerak
Maqsadli auditoriyaning bir qismi reklamasiz pullik tariflarda.
6. Paid va organic AI visibility boshqa vazifalar
ChatGPT Ads brendning AI javoblarida ko‘rinishi ustidagi ishni almashtirmaydi.
Qaysi kategoriyalar istiqbolli
Uzoq tadqiqot va taqqoslash bosqichiga ega mahsulotlarni test qilish mantiqiy:
✈️ Travel
Mehmonxona, chipta, sug‘urta va avtomobil ijarasi.
💻 Technology
Noutbuk, smartfon va SaaS.
🎓 Education
Kurslar va onlayn ta’lim.
🛍 E-commerce
Uzoq consideration cycle’ga ega tovarlar.
🚗 Automotive
Avtomobil, ijara va servislar.
🏢 B2B
Free/Go inventari cheklovini hisobga olgan holda CRM va SaaS.
O‘zbekiston-chi?
2026-yil 25-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekiston self-service Ads Manager mavjud mamlakatlar qatoriga kirmagan.
Mahalliy kampaniyani Ads Manager orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga tushirish mumkin emas edi.
O‘zbekiston kompaniyalari uchun ChatGPT Ads avvalo xorijiy bozorlar kanali sifatida qiziq:
- tourism;
- SaaS;
- education;
- IT;
- export;
- international e-commerce.
ChatGPT Ads’ni qanday test qilish kerak
Google Ads tuzilishini birga-bir ko‘chirmang.
Kampaniyalarni real foydalanuvchi vazifalaridan quring.
“Paris hotel” emas, balki:
bolali oila Parijga ketmoqda;
budjet €200 gacha;
markaz kerak;
metro muhim;
foydalanuvchi bir nechta mehmonxonani taqqoslamoqda.
Shunday ssenariylardan intent klasterlari tuziladi.
Startdan keyin faqat CTR va CPC emas, conversion rate, CPA, revenue va ROAS’ni ham baholang.
ChatGPT Ads digital reklamani qanday o‘zgartirishi mumkin
Meta avvalo: Bu foydalanuvchi kim? — degan savolga javob beradi.
Google: U nimani qidirmoqda?
ChatGPT: U hozir qanday vazifani hal qilmoqchi?
Asosiy farq shunda.
AI foydalanuvchisi muammoni bosqichma-bosqich tasvirlaydi, talablarni aniqlashtiradi, variantlarni taqqoslaydi va qarorga yaqinlashadi.
Reklama tizimi shunchaki search intent emas, decision-making context’ga kirish olishi mumkin.
ChatGPT Ads’ni Google yoki Meta o‘rnini bosuvchi deb hisoblashga hali erta. Matching mukammal emas, benchmarklar endi shakllanmoqda, CPC esa yuqori bo‘lishi mumkin.
Ammo 31 Yevropa bozoriga kengaygach, bu kichik tajriba emasligi aniq bo‘ldi.
Bu digital reklamaning yangi kategoriyasi — AI suhbatlari ichidagi reklama — shakllanishining boshlanishidir.

